"Manchester Yunayted"ning yangi hujumchisi Mateus Kunya Ronaldinyo "qizil iblislar" safida o‘ynashni istaganini aytdi.
"Ronaldinyo menga "Manchester Yunayted" uchun o‘ynashni istaganini aytdi. U mening bu ajoyib klubga o‘tganimdan xursand bo‘ldi", - dedi 26 yoshli braziliyalik futbolchi.
Kunya joriy yozda 74 million yevro evaziga "Vulverxempton"dan mankunianliklar safiga o‘tdi.













