Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

“Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

“Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

Baho:
+ | -

“Real Madrid” hujumchisi Rodrigo Goes yozgi transfer oynasi yakunlanishi oldidan “qirollik klubi”ni tark etishi mumkin. Marca nashri xabariga ko‘ra, madridliklar Angliya Premyer Ligasining uchta grandi — “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Siti”dan braziliyalik vinger bo‘yicha taklif kutmoqda.

24 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostidagi jamoaning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani aytilmoqda. Klub rahbariyati esa 1 sentyabrga qadar futbolchi uchun tushadigan jiddiy takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Hujumchi Ispaniya La Ligasining dastlabki turida maydonga tushmadi, ammo ikkichi turdagi “Ovyedo”ga qarshi uchrashuvda unga 63 daqiqa imkoniyat berildi. Shunday bo‘lsa-da, ispan nashrlari u sentyabrga qadar jamoasini almashtirishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq futbolchining agenti Londonga uchib ketgani va u yerda “Arsenal” hamda “Liverpul” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi aytilgandi. Shuningdek, Londonning “Tottenhem” klubi ham braziliyalik vingerning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Rodrigo 2019 yilda “Santos”dan “Real Madrid”ga 45 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Oradan besh yil o‘tib, u “qaymoqranglilar” safida 270 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 68 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, futbolchi uch marta La Liga chempioni bo‘ldi va ikki marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Transfermarkt portali Rodrigoning qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:38, 25.08.2025.
O'qildi: 4619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик