Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

“Manchester Yunayted” yetakchisiga Saudiya Arabistonidan taklif bor

“Manchester Yunayted” yetakchisiga Saudiya Arabistonidan taklif bor

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” klubi sardori Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan muzokaralar olib borgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq Fernandesh yillik 40 million yevro miqdorida maosh talab qilayotganini aytilmoqda. “Al-Ittihod” klubi hozircha bu talabga rasmiy javob qaytarmagan.

Avvalroq ham Fernandeshga Saudiya Arabistonidan takliflar bo‘lgan. Xususan, mamlakatning kuchli klublaridan biri sanalgan “Al-Hilol” futbolchiga umumiy qiymati 230 million yevro bo‘lgan taklif yuborgan edi. Biroq futbolchi “Manchester Yunayted”da qolishni ma’qul topib, ularga rad javobini bergan edi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati Fernandeshning transferiga qarshi chiqmoqda. Sababi, klub yozgi transfer oynasi davomida Benyamin Sheshko, Brayan Mbeumo, Mateus Kunya va Diego Leon kabi bir nechta yangi futbolchilarni xarid qilgan bo‘lsa-da, jamoaning asosiy loyihasi aynan Brunu Fernandesh atrofida qurilgan. Shu bois rahbariyat uni saqlab qolishdan manfaatdor.

Portugaliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasi doirasidagi ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Uning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:48, 25.08.2025.
O'qildi: 3344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик