Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Dzyudochi yoshlarimiz “Amman Cadet Asian Cup 2025”da 4 ta medalli bo‘ldi

Dzyudochi yoshlarimiz “Amman Cadet Asian Cup 2025”da 4 ta medalli bo‘ldi

Baho:
+ | -

Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Amman Cadet Asian Cup 2025” musobaqasida mamlakatimiz dzyudochilari 4 ta medalga ega chiqdi.

13 ta davlatning mahoratli dzyudchi yoshlari ishtirok etgan musobaqalarda terma jamoamizning 3 nafar a’zosi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Terma jamoamiz a’zosi Inoyat Telmanov o‘smirlar o‘rtasida -73 kilogramm vaznda g‘oliblikni tantana qildi.

Yosh dzyudchimiz Azizbek Himmatov -66 kilogrammda bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvlarida iordaniyalik Adam Altalafa va saudiyalik Saud Alzahrani taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda IJF bayrog‘i ostida turnirda ishtirok etgan rossiyalik Bilal Ezxayevni yengib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mahoratli sportchimiz Kamron Abdurazzoqov -73 kilogramm og‘irlikda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ham muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi.

Kiritildi: 09:55, 26.08.2025.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.