"Borussiya" Niko Kovach bilan shartnomani 2027 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli mutaxassis Dortmund klubini o‘tgan qishda, jamoa Bundesligada 11-o‘rinda borayotgan vaqtda qabul qilib olgan edi.
Kovach qo‘l ostida "Borussiya" chempionatda 4-o‘rinni egalladi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.













