Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi faoliyati: hujumchi sovrinlarni pulga almashtirdimi?

Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi faoliyati: hujumchi sovrinlarni pulga almashtirdimi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida navbatdagi sovrinni qo‘lga kirita olmadi. “An-Nassr” klubi portugaliyalik hujumchi bilan deyarli uch yil davomida na Saudiya Arabistoni chempionatida, na mamlakat kubogida, na Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishga uddalay oldi. Hozirga qadar futbolchining klub safida qo‘lga kiritgan yagona sovrini — Arab klublari kubogi hisoblanadi.

Jamoaviy o‘yin muammosi

Yaqinda “An-Nassr” Saudiya Superkubogi finalida “Al-Ahli” jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi. Bu Ronaldu va uning jamoasi uchun ketma-ket o‘n birinchi muvaffaqiyatsizlik sifatida tarixga kirdi. Garchi 40 yoshli hujumchi maydonda yuqori darajada o‘yin namoyish qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab mutaxassislar muvaffaqiyatsizlik sababi sifatida jamoaviy o‘yin yetishmovchiligini ko‘rsatmoqda.

Shu bois klub yozgi transfer oynasi davomida 56 million yevro sarflab, “Chelsi”dan Joau Feliks va “Bavariya”dan Kingsli Komanni tarkibga qo‘shdi. Biroq hozircha jamoaning o‘yinida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Motivasiya yetishmasligi

Yana bir muhim omil — bu motivasiya. Tashqi tomondan Ronaldu maydonda avvalgidek o‘yin ko‘rsatmoqda: gollar kiritadi, jamoani oldinga yetaklaydi. Biroq Saudiya Arabistonida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan sovrinlar futbolchi uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi borasidagi savol ochiq qolmoqda.

U faoliyati davomida Yevropaning yetakchi chempionatlari va kuboklarini yutgan, shuningdek, besh marotaba UYEFA Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Saudiya Arabistonidagi sovrinlar esa bu yutuqlar bilan solishtirganda nisbatan ikkinchi darajali ko‘rinadi. Moliyaviy daromadlar, reklama shartnomalari va hashamatli turmush tarzi esa sportdagi motivasiyani pasaytirayotgan bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy rekordlar ustuvorligi

Uchinchi omil – Krishtianu Ronaldu uchun shaxsiy yutuqlar jamoaviy natijalardan ustun turadi. U faoliyati davomida eng ko‘p rasmiy o‘yin o‘tkazgan futbolchi bo‘lish, shuningdek, tarixdagi eng ko‘p gol urgan futbolchi nomini qo‘lga kiritish maqsadida harakat qilmoqda. Qolaversa, Ronaldu “An-Nassr” tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritishni ham istamoqda. Aynan shu sababli ayrim vaziyatlarda u to‘pni sheriklariga bermasdan, o‘yinni o‘zi yakunlashga urinish orqali jamoani ochkolardan mahrum qilmoqda. Bu esa Saudiya Pro Ligasi chempionligi uchun kurashda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Garchi Ronaldu klubning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lsa va har yili chempionatning eng samarali hujumchilari qatoriga kirsa-da, hujum chizig‘idagi raqobat kuchayib borayotgan bir vaqtda mutlaq yetakchining mavjudligi jamoa ichida muvozanatni buzishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:36, 26.08.2025.
O'qildi: 2554 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.