Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Gordon: "Jamoadoshlarim va muxlislarimdan chin dildan kechirim so‘rayman"

Gordon: "Jamoadoshlarim va muxlislarimdan chin dildan kechirim so‘rayman"

Baho:
+ | -

Entoni Gordon Virjil van Deykka qo‘pollik qilgani uchun uzr so‘radi.

“Liverpul” dushanba kuni APLning 2-turi doirasida safarda “Nyukasl”ni mag‘lub etdi (3:2).

45-daqiqada mezbonlar vingeri Entoni Gordon Virjil van Deykni maydon markazi yaqinida yiqitdi. Uchrashuv bosh hakami Saymon Xuper dastlab angliyalik futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq videotakrorni ko‘rib chiqib, qarorini o‘zgartirdi va futbolchini maydondan chetlatdi.

“Jamoadoshlarim va muxlislarimdan chin dildan kechirim so‘rayman, menda hech qanday yomon niyat yo‘q edi – men shunchaki o‘yinga kuch qo‘shishga harakat qilgandim, lekin vaziyatga noto‘g‘ri yondashdim.

Men hech qachon ataylab bunday to‘qnashuvga bormagan bo‘lardim. Biz o‘yindan keyin gaplashdik va van Deyk buni tushunadi.

Lekin eng muhimi, maydonda o‘tkazgan vaqtim va bugungi o‘yinimiz bilan faxrlanaman”, dedi “Nyukasl” vingeri Entoni Gordon.

Kiritildi: 09:05, 28.08.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик