Kataloniyaning "Barselona" klubi bugun Oriol Romeu bilan xayrlashadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 33 yoshli ispaniyalik bilan 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani bekor qilish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Romeuning ketishi evaziga "Barsa" Jerar Martinni ligada ro‘yxatdan o‘tkazadi.













