Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Joze Mourinyo iste’folar sabab qancha tovon puli undirgan?

Joze Mourinyo iste’folar sabab qancha tovon puli undirgan?

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo “Fenerbaxche”dan iste’foga chiqarilgach, unga 15 million yevro tovon puli to‘langani, umuman portugaliyalik mutaxassis shunaqa iste’folardan shu paytgacha 90 million yevro ishlab olgani haqida ko‘p yerda yozilyapti. Ammo hammasi aynan shunday emas, ba’zi jihatlar bor.

Agar klub murabbiy bilan ma’lum muddat uchun shartnoma tuzgan bo‘lsa-yu, uni o‘sha muddat kelmasdan iste’foga chiqarsa, pul to‘laydi, to‘g‘ri. Bu pul kelishuvga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Birinchisi, mabodo murabbiy muddatidan oldin bo‘shatilsa, ma’lum avvaldan kelishilgan summa yoki iste’fo paytida kelishuv asosida bir martalik pul to‘lab beriladi, tamom. Odatda unaqa katta summa bo‘lmaydi.

Eng ko‘p tarqalgani, o‘sha shartnoma muddati tugaguncha agar murabbiy ishlasa, hammasi bo‘lib qancha maosh olgan bo‘lardi, shu summadan kelib chiqiladi. Ammo agar murabbiy iste’foga chiqqach, to o‘sha muddat tugaguncha boshqa klubda ish boshlasa, summa qisqaradi.

Aytaylik, murabbiy “A” klub bilan 2027 yozgacha 10 million yillik maoshga kelishdi. Demak u 2 mavsumda 20 million yevro olishi kerak. Klub uni yarim yildan so‘ng iste’foga chiqarsa, o‘sha qolgan qismi – 15 million yevroni ham to‘lab berishi kerak. Ammo 2026 yil yozda murabbiy “B” klubda ish boshladi. “A” klub faqat yarim yil ishsiz qolgan payt uchun 5 million yevroni to‘lab beradi. Ikkinchi yil uchun to‘lamaydimi? To‘laydi, faqat “B” klubdagi maosh 10 million yevrodan kam bo‘lsa, o‘sha yetmagan qismini qoplab beradi. “B” klub 8 million yevro to‘lasa, qolgan 2 million yevroni “A” klub qoplaydi xolos. Agar “B” klub ham 10 million yevro yo undan kattaroq summaga kelishgan bo‘lsa, “A” klub ikkinchi yil uchun umuman tovon puli to‘lamaydi.

Shuning uchun murabbiylarning iste’fo paytida oshkor qilgan katta tovon pullari ko‘pincha to‘liq to‘lanmasligini inobatga olish kerak. Chunki odatda murabbiylar bir yil o‘tmasdan baribir boshqa klubda ish boshlashadi. Joze Mourinyo ham faoliyati davomida maksimum 1.5 yil tanaffus qilgan xolos. Tabiiyki, uning haqiqatda olgan tovon pullari aytilayotganidan birmuncha kam.

Savol tug‘iladi, murabbiylar eski muddat tugaguncha, mazza qilib dam olib yurishsa bo‘lmaydimi, baribir o‘sha summani yo eski, yo yangi klubidan olarkan-ku, deb. Bunday savol tug‘ilishining sababi, biz o‘zi pul haqida ko‘p o‘ylashimizdan. Murabbiylar jarayonning o‘ziga, yong‘oqning shaqirlashiga ishqiboz. Shuningdek, muvaffaqiyat orqali ular o‘zlariga nom qozonishlari, keyingi shartnomalar uchun narxni oshirishlari mumkin, dam olib o‘tirib buni amalga oshirish imkonsiz.

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 21:39, 29.08.2025.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.