Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Buxoroga Superliga o‘yinlarini qaytarish harakati boshlandi

Buxoroga Superliga o‘yinlarini qaytarish harakati boshlandi

Baho:
+ | -

Buxoro futbol akademiyasi qoshida qurib bitkazilgan stadionda "Buxoro" klubi O‘zbekiston kubogining guruh bosqichidan o‘rin olgan ikki bellashuvni o‘tkazdi va ularning har ikkisini o‘z foydasiga hal qilib, guruhdan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Akademiyaga qarashli stadionda Superliga bellashuvlarini o‘tkazish uchun esa projektorlar talab qilingan me’yor darajasiga yetkazilishi lozim edi. O‘tgan vaqt davomida yoritish tizimini Superliga talabiga moslashtirish ishlari olib borildi. 22 avgust kuni Liga mutaxassislari Buxoroda bo‘lib, projektorning maydon bo‘ylab uzatayotgan yorug‘lik nurlarini qayta o‘rgandi. Ayni vaqtda projektorlar Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun javob beradi.

Shunga qaramay, ba’zi masalalarda kamchiliklar mavjud. Shahardagi eski stadion buzib tashlanishidan avval Liga unda O‘zbekiston kubogining final uchrashuvini yaxshi saviyada tashkil etgandi. O‘sha vaqtdagi talab va takliflarga qaramay, hozirga qadar Buxoroda maydon parvarishi bilan professional shug‘ullanadigan mahalliy mutaxassislar mavjud emas. Shuningdek, o‘tgan davr davomida Liga talab qilgan ko‘rinishda maydon parvarishi uchun zarur texnik vositalar xarid qilinmagan. Stadionni sug‘orish va uning atrofidagi ishlar butkul boshqa soha vakillari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida maydonning chidamlilik darajasiga putur yetkazadi.

Shuningdek, ayni vaqtda stadionda quyidagi kamchiliklar mavjud:

• stadionning audio tizimi mavjud emas (klub har bir rasmiy o‘yin uchun ko‘chma ovoz kuchaytirish qurilmalarini jalb etishni rejalashtirmoqda);

• stadion tablosi yangilanishi lozim;

• markaziy va ofsayd kameralari platformasi yasalishi, ularning atrofi yomg‘ir va quyoshdan himoyalanishi lozim;

• maydonning to‘rt qismiga kameralar uchun elektr qutilar joylashtirilishi lozim;

• VAR va TV texnikalari uchun mo‘ljallangan nuqtalar mutaxassislar yordamida qayta o‘rganilishi va mazkur nuqtalar talab etilgan tezlikdagi internet liniyalari bilan ta’minlanishi lozim;

• stadionda OAV uchun media tribuna tashkil etilishi lozim;

• stadion texnik zonalarida internet uzilishlarsiz ishlashi ta’minlanishi lozim;

• VIP tribunaga kirish yo‘li texnik zona bilan to‘qnashmasligini oldini olish uchun alohida yo‘nalishli zina tashkil etilishi lozim;

• Maydon perimetri bo‘ylab reklama shitlari qayta jihozlanishi lozim;

• maydon atrofidagi qurilish ishlari to‘liq yakunlanishi, stadion atrofidagi yo‘llar tartibga keltirilishi, projektor machtalari uchun ochilgan vaqtinchalik yo‘llar panjaralar bilan qayta yopilishi kerak.

31 avgust kuni Liganing teletranslyasiyalar hamda marketing bo‘limi mutaxassislari Buxoroda bo‘lib, stadionni Superliga o‘yinlariga tayyorlashning keyingi bosqich ishlarini o‘rganadi. Umid qilamizki, talab etilgan barcha masala o‘z vaqtida hal qilinadi. Shundan so‘ng Liga "Buxoro" klubi aynan qaysi turdan boshlab o‘z maydoniga qaytishi masalasini rasman e’lon qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:15, 30.08.2025.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.