Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» 2025 yilda o‘z maydonida birorta o‘yinda yutqazmagan

«Chelsi» 2025 yilda o‘z maydonida birorta o‘yinda yutqazmagan

Baho:
+3 | -

Bugun, 30 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsda "Chelsi" o‘z maydonida "Fulxem"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida "ko‘klar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu natija orqali Enso Mareska shogirdlari Premyer-ligadagi uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 12 o‘yinga yetkazishdi. Bu oraliqda "Chelsi" to‘qqizta g‘alaba va uchta durang qayd etdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 7 ta uchrashuvda poytaxt klubi o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ayni vaqtda "Chelsi" 7 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Ko‘klar"ning navbatdagi raqibi "Brentford" (13 sentyabr) bo‘ladi.

Kiritildi: 18:52, 30.08.2025.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик