Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Murabbiylar haqidagi gap-so‘zlar bizni ham chalg‘itmoqda» — Kapadze

«Murabbiylar haqidagi gap-so‘zlar bizni ham chalg‘itmoqda» — Kapadze

Baho:
+ | -3

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze O‘monga qarshi uchrashuvdan keyin internetda tarqalayotgan murabbiy almashishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Timur Kapadze matbuot anjumanida internetda tarqalayotgan murabbiy almashishi haqidagi xabarlar futbolchilar tayyorgarligi va ruhiyatiga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidladi. Kapadzega ko‘ra, milliy jamoa «CAFA Nations Cup-2025» turniri oldidan bor-yo‘g‘i ikki marta taktik mashg‘ulot o‘tkaza olgan.

«O‘yin davomida gollar urish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, ammo ulardan foydalana olmadik. Umuman ko‘proq vaziyat yaratsak bo‘lardi. O‘zi umuman olganda, bu turnirdan va 1-tur uchrashuvidan oldin bizda faqat ikkita mashg‘ulot o‘tkazish imkoni bo‘ldi. Kecha va undan avvalgi kun taktik mashg‘ulot qila oldik. Undan oldin esa tiklanish jarayoni, qaysidir o‘yinchi endi keldi, boshqasi endi keladi, degan narsa bilan yurdik. Arablar jamoasi qanchalik imkoniyat bergan bo‘lsa, shundan foydalanishga harakat qildik. Kechirasizlar-u, undan tashqari internet tarmog‘idayam murabbiylar haqida «u keldi, bu keldi» degan xabarlar. Futbolchilar qanday „nastroy“ qiladi, hammasi telefonda o‘tiradi, kuzatadi. Bu bizni ham chalg‘ityapti. Shuning uchun, ikki kun ichida boricha tayyorgarlik ko‘rdik. Tayyor bolalar bilan chiqdik, yigitlar maydonda borini ko‘rsatishga intildi», — dedi u matbuot anjumanida.

Oxirgi oylarda milliy jamoa boshqaruviga xorijlik mutaxassis olib kelinishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Avvaliga Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib borilgan, ammo u rad etgan. Keyinroq portugaliyalik Paulu Bentu asosiy nomzod sifatida tilga olindi, lekin hozircha kelishuvga erishilmagan.

Kapadze bu muhokamalar futbolchilarning ruhiyatiga ham ta’sir qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u jamoa muxlislarini murabbiy shaxsidan qat’i nazar, milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze joriy yil 22 yanvarda Srechko Katanes o‘rnini egallab, milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida tayinlangan. Uning qo‘l ostida jamoa O‘zbekiston tarixida ilk bor 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Manba: vaqt.uz
Kiritildi: 15:13, 31.08.2025.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик