Milanning "Inter" klubida yozda murabbiy almashdi. "Al-Hilol"ga o‘tib ketgan Simone Indzagi o‘rniga "Parma"dan Kristian Kivu keldi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, Kivu hozirda jamoada asosiy tarkibning o‘zgarmas a’zolari sifatida ikki futbolchini ko‘rmoqda. Bular Lautaro Martines va Nikolo Barella.
Qolgan barcha futbolchilar asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerak.













