Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Lill" yangi transfer e’lon qildi

"Lill" yangi transfer e’lon qildi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatida 3-o‘rinda borayotgan "Lill" klubi "NEK Neymegen" klubi chap qanot himoyachisi Kalvin Verdonk bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.

Verdonk Niderlandiyada tug‘ilgan va deyarli butun faoliyati davomida faqat mahalliy klublarda, jumladan, "Feyenoord"da o‘ynagan, ammo terma jamoalar darajasida 28 yoshli futbolchi Indoneziya sharafini himoya qiladi (FIFA reytingida 118-o‘rin). U esa 11 yil oldin Niderlandiya o‘smirlar terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgandi.

O‘tgan mavsumda Verdonk klub miqyosida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi, 10 ta ogohlantirish oldi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yangi mavsumda u 4 ta o‘yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 23:01, 01.09.2025.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик