Lamin Yamalning aytishicha, unga tanqidlar ta’sir qilmaydi.
"Tanqid menga ta’sir qilmaydi. Men hayotimda sodir bo‘layotgan hamma narsa muhokama mavzusiga aylanishini angladim.
Ba’zan fantastika - hayotim haqida men bilmagan voqealar bo‘ladi. Men faqat o‘z atrofimdagilarni tinglayman", – dedi "Barselona" yulduzi.













