Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Malyorka" jamoa sardorini jazoladi

"Malyorka" jamoa sardorini jazoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ispaniyaning "Malyorka" klubi o‘z futbolchisi Daniel Rodrigesdan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi, shuningdek, 10 kunlik muddatga mashg‘ulotlar va o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qildi. Bu haqda AS internet nashri xabar bermoqda.

Rodrigesning jazolanishiga uning "Real"ga qarshi o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda yozgan postlari sabab bo‘ldi, unda u "ishga hurmat" yo‘qligini aytib, norozilik bildirdi va farzandlari otasini maydonda ko‘rmaganidan shikoyat qildi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Rodriges jamoa bosh murabbiyi va klubning yangi a’zolaridan biri haqida yana bir post joyladi. Natijada "Malyorka" sport direktori jamoa murabbiyini himoya qildi va 2 kundan so‘ng 2019 yildan beri jamoada o‘ynayotgan futbolchi jazolandi.

Kiritildi: 14:30, 03.09.2025.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик