"Milan"ning yangi yarim himoyachisi Adriyen Rabyoning qaysi raqam ostida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. U 12-raqamni tanladi, deya aniqlik kiritadi italiyalik jurnalist Franchesko Letisiya.
Eslatib o‘tamiz, "Marsel" Liga 1 birinchi turidan keyin jamoa kiyim almashtirish xonasida mushtlashib ketgan Rabyo va Jonatan Rouni sotib yubordi.
"Milan" hozircha A Seriyaning 2-turidan keyin 3 ochko jamg‘ardi.













