Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ouen: "Keyn nima uchun "Bavariya"ga ketganini hali ham tushunmayapman.

Ouen: "Keyn nima uchun "Bavariya"ga ketganini hali ham tushunmayapman.

Baho:
+ | -

Angliyalik taniqli sobiq futbolchi Maykl Ouen "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Tottenxem"ning sobiq yulduzi uchinchi mavsumni Germaniyada o‘tkazmoqda - u 2023 yilning yozida o‘tgandi.

"Keyn - ajoyib o‘yinchi, u hujumlarni ajoyib yakunlaydi, ammo uning Germaniyaga ketish qarorini haligacha tushunmayapman. U Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga yaqin edi, uning bolalari o‘sha paytda allaqachon maktabga borishgan edi va u to‘satdan ketishga qaror qildi. Men buni tushunmayapman. Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan u "Seltik"ga o‘tishi va har yili chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin edi, ammo buning hech qanday ahamiyati yo‘q. Haqiqatan ham, APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish - buyuk natija. Lekin baribir Keynni juda yaxshi ko‘raman va yillar davomida uning o‘yinlariga qoyil qolaman," - dedi Ouen Rio Ferdinand podkastida.

Kiritildi: 08:43, 04.09.2025.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик