Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

JCH-2026 saralash. Messining dubli Argentinaga Venesuela ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam berdi

JCH-2026 saralash. Messining dubli Argentinaga Venesuela ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam berdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashining 17-turida Venesuela milliy jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

G‘oliblar safida Lionel Messi dubl muallifi bo‘ldi, yana bir golni Lautaro Martines urdi.

Shu tariqa, Argentina terma jamoasi JCH-2026 Janubiy Amerika saralash guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va mundialga yo‘llanmani ta’minlab oldi. Venesuela esa yettinchi o‘rinda yakunladi va JCH-2026da qatnashish huquqi uchun pley-off bahslarida maydonga tushadi.

2026 yilda jahon chempionati tarixda ilk bor bir vaqtning o‘zida uchta davlat — AQSH, Meksika va Kanada hududida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Final bosqichda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

JCH-2026 — Janubiy Amerika. 17-tur
2025 yil 5 sentyabr, juma. 04:30
Argentina — Venesuela - 3:0
Gollar: 1:0 — Messi (39’), 2:0 — Martines (76’), 3:0 — Messi (80’)

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:55, 05.09.2025.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик