Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levi "Tottenxem"dan ketishini qachon bilgandi?

Levi "Tottenxem"dan ketishini qachon bilgandi?

Baho:
+ | -

Payshanba oqshomida "Tottenxem" Daniel Levining klub boshqaruvidan ketganini e’lon qildi. Levi London klubini qariyb 25 yil boshqargan - u 2001 yilda lavozimni egallagan.

The Times’ga ma’lum bo‘lishicha, Levi "Tottenxem" boshqaruvidan ketishi haqida qaror e’lon qilinishidan biroz oldin - o‘sha kuni tongda xabar topgan.

Endilikda "Tottenxem"ni bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgan Vinay Venkatesham boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem"ga ENIC investisiya kompaniyasi egalik qiladi. U klub aksiyalarining 86,58 foiziga egalik qiladi.

"Tottenxem" ayni damda Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:20, 05.09.2025.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик