Londonning "Arsenal" klubi vingeri Leandro Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettirishi kutilmoqda.
Turk OAV ma’lumotiga ko‘ra, "Beshiktosh" 30 yoshli belgiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. "Arsenal" bilan muzokaralar davom etmoqda..
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada transfer oynasi 12 sentyabr kuni yopiladi.













