"Barselona" va markaziy himoyachi Erik Garsiya o‘zaro shartnomani uzoq muddatga uzaytirishni istamoqda.
Kataloniya klubi bu mavsumda La Liganing dastlabki uchta o‘yinida uch marta asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchining daxlsizligini ta’minlamoqchi.
Erikning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Garsiya "Barselona" safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













