Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Erjan Tokotayev: “O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”

Erjan Tokotayev: “O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

CAFA musobaqasining 3-turida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda “Andijon” darvozaboni Erjan Tokotayev o‘yinning ikkinchi bo‘lim boshlarida boshidan jarohat olgani bois majburiy o‘zgarish sababli maydonni tark etgandi. 

“Andijon” matbuot xizmati Erjan bilan bog‘landi.

- Erjan, sog‘ligingiz yaxshimi? O‘zbekistonga qarshi o‘yinda jarohat oldingiz. Hozir holatingiz qanday?

- Katta rahmat. Hozirgi paytda o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Tahlil natijalaridan so‘ng shifokorlar o‘zimni zo‘riqmay turishimni va tanamga dam berishim kerakligini tavsiya berishdi. Shishish qaytishi uchun biroz vaqt kerak. Shundan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytishim mumkin.

- Umuman, terma jamoamizga qarshi uchrashuv sizda qanaqa taassurot qoldirdi?

- O‘zbekiston bilan o‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, yomon boshlamagandik. Aytishim mumkinki, raqib birinchi taymda faqatgina birgina golli vaziyatni hisobga olmaganda deyarli xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olmadi. Ikkinchi bo‘limda esa deyarli o‘ynamadim. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida to‘qnashuv yuz berdi va o‘yinni tark etishimga to‘g‘ri keldi.

- Ma’lumki, Turkmaniston terma jamoasining asosini “Arkadag” klubi futbolchilari tashkil qiladilar. Siz esa Qirg‘iziston termasi safida ularga qarshi o‘ynadingiz. “Andijon” OCHL 2 ning ilk turini Ashxobodda aynan “Arkadag”ga qarshi o‘tkazishini yaxshi bilasiz. Xo‘sh, turkman futbolchilari haqida nimalarni ayta olasiz?

- Tajribali, malakaga ega futbolchilari bor. Albatta, qanday o‘yin ko‘rsatishimiz o‘zimizga bog‘liq. Lekin yengil o‘yinlar bo‘lmaydi.

- Ayting-chi, “Arkadag” bilan uchrashuvda nimaga ko‘proq e’tibor qaratishimiz lozim? Masalan, ularni kuchli va kuchsiz taraflari nimada deb o‘ylaysiz?

- Mening fikrimcha, biz nisbatan yoshroq jamoamiz. O‘ylaymanki, yaxshi tempda o‘yin ko‘rsatadigan bo‘lsak, bu yaxshi natijani ham keltiradi.

- Andijonga qachon kelasiz? CAFA musobaqasidan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Hozirgi paytda tinchgina va yuklamalarsiz dam olishim lozim. Tezroq safga qo‘shilishim uchun qo‘limdan kelgan barcha harakatni qilyapman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:12, 07.09.2025.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.