Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

FIDE Grand Swiss. Nodirbek Yoqubboyev, Afruza Hamdamova va Umida Omonova 4-turda g‘alaba qozonishdi, Abusattorov yetakchi bilan durang o‘ynadi

FIDE Grand Swiss. Nodirbek Yoqubboyev, Afruza Hamdamova va Umida Omonova 4-turda g‘alaba qozonishdi, Abusattorov yetakchi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqasi doirasida 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 9 nafar hamyurtimizlar orasida faqat Nodirbek Yoqubboyev g‘alaba qozondi. O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov esa 3-turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan Parxam Maqsudlu (Eron)ga qarshi qora donalarda o‘ynab, durangga imzo chekdi.

Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, Yoqubboyev shuncha ball bilan 13-pog‘onani band etgan.

Qizlar orasida esa Afruza Hamdamova AQSHlik kuchli shaxmatchi Irina Krushga qarshi o‘yinning debyut qismidayoq raqibning bir sipoxini yutib oldi hamda bahsda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba tufayli Afruza o‘z ochkolarini 3 taga yetkazib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuningdek, Umida Omonova ham kecha g‘alaba nashidasini surdi. U gruziliyalik Meri Arabidzeni taslim etdi.

FIDE Grand Swiss 2025 — 4-tur natijalari (O‘zbekiston vakillari)

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Parham Maqsudlu (Eron) - 0,5:0,5
Javohir Sindarov — Daniyel Darda (Belgiya) - 0,5:0,5
Nodirbek Yakubboyev — Yuriy Kuzubov (Ukraina) - 1:0
Shamsiddin Vohidov — Igor Samunenkov (Ukraina) - 0,5:0,5
Muhiddin Madaminov — Shant Sargsyan (Armaniston) - 0:1
Jahongir Vohidov - Aleksandr Injich (Serbiya) - 0:1
Abdumalik Abdusalimov — Velimir Ivich (Serbiya) - 0:1
Ortiq Nig‘matov — Nikolo Teodorou (Gresiya) - 0:1
Muhammadzohid Suyarov — Ediz Gurel (Turkiya) - 0,5:0,5

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Yuliya Osmak (Ukraina) - 0,5:0,5
Guldona Karimova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya) - 0:1
Afruza Hamdamova — Irina Krush (AQSH) - 1:0
Umida Omonova — Meri Arabidze (Gruziya) - 1:0
Madinabonu Xalilova — Kseniya Balabayeva (Qozog‘iston) - 0,5:0,5

Musobaqada bugun 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya)
Javohir Sindarov — Aleksandra Goryachkina (Rossiya)
Nodirbek Yakubboyev — Shimon Gumularz (Polsha)
Shamsiddin Vohidov — Divya Deshmux (Hindiston)
Muhiddin Madaminov — Gabriyel Sargisyan (Armaniston)
Jahongir Vohidov - Amin Bassim (Misr)
Abdumalik Abdusalimov — Muhammad Muradli (Ozarboyjon)
Ortiq Nig‘matov — Aleksey Sarana (Serbiya)
Muhammadzohid Suyarov — David Anton Guiyarro (Ispaniya)

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Yuliya Osmak (Ukraina)
Guldona Karimova — May Narva (Estoniya)
Afruza Hamdamova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya)
Umida Omonova — Joka Gaal (Vengriya)
Madinabonu Xalilova — Marsel Efroimski (Isroil)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:02, 08.09.2025.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик