Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Rauf Inileev 75 yoshga to‘ldi

Rauf Inileev 75 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli faxriysi, 2007 yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi, uzoq yillar davomida murabbiy va futbolchi sifatida faoliyat yuritgan va yurtimizda ushbu sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan Rauf Talgatovich Inileev 75 yoshga to‘ldi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA rahbariyati hamda futbolimiz faxriylari ishtirok etishdi.

Rauf Inileev o‘zining professional faoliyatini 1973 yil boshida futbolchi sifatida boshlagan. 1975 yilga qadar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida to‘p surgan va keyingi yillarda “Mehnat” (Jizzax), “Start” (Toshkent) va “Star” (Jizzax) klublarida o‘ynagan.

Murabbiylik faoliyatini 1989 yilda “Yoshlik” (Jizzax) klubida boshlagan. 1993 yilda Toshkentda yangi tashkil etilgan “Chilonzor” jamoasiga taklif etilib, 1996 yilgacha shu yerda faoliyat yuritgan. 1997 yilda “So‘g‘diyona” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanib, 2000 yilgacha klubni boshqargan. Keyinchalik “Sho‘rtan”, “Andijon”, “Buxoro”, “So‘g‘diyona”, “Maxtaaral” (Qozog‘iston) va “Obod” klublarida ham bosh murabbiy bo‘lgan.

2006 yil boshida Rauf Inileev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘sha yili u jamoa bilan Qatarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari chorak finalida ishtirok etdi. 2006 yil oxirida Inileev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi va 2007 yilgi Osiyo kubogida jamoa bosh murabbiyi sifatida musobaqada chorak finalga qadar yetib bordi. Shu yili Rauf Talgatovich O‘zbekiston va Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida Rauf Inileevning faoliyati yodga olindi. Uning o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. Tadbir yakunida minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:10, 08.09.2025.
O'qildi: 1508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.