Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

O‘zbekiston — «CAFA Nations Cup-2025» g‘olibi!

O‘zbekiston — «CAFA Nations Cup-2025» g‘olibi!

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston terma jamoasi «CAFA Nations Cup-2025» musobaqasi finalida Eronni mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

O‘yin boshlanishi bilanoq Eron maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. 5-daqiqada Eron futbolchisi Ariya Yusufiy qo‘pollik qilib, Abbosbek Fayzullayevga butsa tishlari bilan orqa tomondan tepdi va maydondan chetlatildi.

Birinchi bo‘limda ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘ldi, ammo vakillarimizga aniq zarba yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda ham Eron himoyani kuchaytirib, bizga xavfli vaziyat yaratish uchun imkoniyat bermadi. Boz ustiga, hakam darvozamiz tomon penalti belgilagandi, ammo vaziyatni qayta tomosha qilgach, penalti bekor qilindi.

Qo‘shimcha bo‘limlar esa dramatik tus oldi. 105+2-da Oston O‘runov raqib jarima maydoniga yorib kirib, penalti ishladi — himoyachi uni chalib yiqidi. Eldor Shomurodov zarba uchun nuqtaga yaqinlashdi, ammo u to‘pni yuqoriga tepib yubordi.

Biroq, O‘zbekiston baribir g‘alabani ilib ketdi. 120-daqiqada Hamrayeliv o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni Hojiakbar Alijonov bosh bilan Eron darvozasiga joylab qo‘ydi va o‘yin qahramonga aylandi — 1:0!

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy termasi tarixda ilk bor «CAFA Nations Cup» sovrinini yutib, mintaqaning mutlaq chempioniga aylandi!

CAFA Nations Cup-2025. Final.
O‘zbekiston - Eron - 1:0. Asosiy vaqt — 0:0. Qo‘shimcha bo‘limlar — 1:0.
Gol: Hojiakbar Alijonov (120)
Noaniq penalti: Eldor Shomurodov (105+4, yuqoriga ketdi)
Chetlatish: Ariya Yusufiy (5)
Ogohlantirishlar: Abbos Fayzullayev (72), Hojiakbar Alijonov (88), Alibek Davronov (112) — Ramin Rezayeyan (20)
O‘zbekiston: 1. Utkir Yusupov (35. Vladimir Nazarov, 54), 3. Hojiakbar Alijonov, 23. Husniddin Aliqulov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Otabek Shukurov (6. Akmal Mozgovoy, 80), 9. Odiljon Hamrobekov (8. Jamshid Iskanderov, 80), 19. Aziz Turg‘unboyev (21. Igor Sergeev, 46), 22. Abbosbek Fayzullayev, 27. Dilshod Komilov (30. Alibek Davronov, 102), 14. Eldor Shomurodov, 31. Ruslanbek Jiyanov (11. Oston O‘runov, 46)
Eron: 1. Payam Niyozmand, 5. Ali Nematiy (28. Abulfazl Jalolӣ, 106), 13. Hussayn Kanoniy, 18. Arya Yusufiy, 20. Oriy Og‘asiy, 10. Amirhussayn Hussaynzoda (23. Ramin Rezayeyan, 16), 14. Saman Quddus (7. Alireza Jahonbaxsh, 66), 21. Umid Nurafkan, 26. Muhammad Qurboniy (15. Ro‘zbex Cheshmiy, 46), 27. Muhammad Mohibiӣ, 24. Shahriyor Mog‘anlu (9. Mehdӣ Taremӣ, 31)
Bosh hakam: Nurzatbek Abduqodirov (Qirg‘iziston)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:29, 08.09.2025.
O'qildi: 3043 marta.
Fikrlar: 55 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик