Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" futbolchisi jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

"Chelsi" futbolchisi jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -2

Hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer "Chelsi"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Goal portalining xabar berishicha, Palmer klub tomonidan chop etilgan mashg‘ulot kadrlarida yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, "ko‘klar" yetakchisi hali mashg‘ulotlarni tiklamagan.

Ma’lumki, Koul Palmer sog‘lig‘i tufayli "Chelsi"ning Angliya chempionatidagi so‘nggi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. 13 sentyabr, shanba kuni "Chelsi" APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi.

Shu kuni Enso Mareska shogirdlari mehmonda “Brentford” bilan o‘ynaydi. "Chelsi" hozirda 3 turda 7 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:54, 09.09.2025.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик