"Chelsi" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya "Real" va "Barselona" klublarining mashhurligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Angliyaga, birinchi jamoam "Brayton"ga kelganimda angliyalik futbolchilar "Arsenal" yoki "Chelsi"da emas, "Real" yoki "Barselona"da o‘ynashga intilishidan hayratga tushganman. O‘shanda men "Real" va "Barselona"ning butun dunyo bo‘ylab jozibadorligini anglab yetdim," - deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi AS portali.













