"Fenerbaxche"ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyar Turkiya top-klubida o‘ynashdan baxtiyor ekanini aytdi.
"Meni jamoaning ajoyib muxlislari yaxshi ko‘radi, shuningdek, klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatdaman. Men yana barqarorlikka erishdim va baxtliman", - deya Shkrinyarning so‘zlarini keltiradi MilanNews.
Eslatib o‘tamiz, Shkrinyar o‘tgan mavsumda, ammo "PSJ"dan ijara asosida "Fener" a’zosiga aylangan edi. Slovakiyaliklar yangi mavsum oldidan "kanareykalar" bilan to‘laqonli shartnoma imzoladi.













