Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Rekord gonorar: Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi jangda qancha pul ishlab topadi?

Rekord gonorar: Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi jangda qancha pul ishlab topadi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arenada yaponiyalik Naoya Inoue hamda o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida jahonning mutlaq chempioni nomi uchun ringga chiqadi. Bu toifadagi eng kutilgan janglardan biri bo‘lib, ikki boksyor oladigan maoshlar aniqlandi.

Jami pul jamg‘armasi 20 million dollarga yaqinni tashkil qiladi. Manbalarga ko‘ra, Inoue «A tomon» sifatida 75 foiz ulushga ega bo‘lib, 15 million dollar kafolatlangan maosh va qo‘shimcha ravishda taqriban 4 million dollarlik PPV ulushi bilan jami 19 million dollar ishlab oladi. Bu uning karyerasidagi eng katta gonorar hisoblanadi.

O‘zbekistonlik Murodjon Axmadaliyev esa «B tomon» sifatida jangdan 5 million dollar kafolatlangan maosh va taxminan 1 million dollarlik PPV ulushi bilan umumiy 6 million dollar ishlaydi. Bu ham uning sport karyerasidagi eng katta maosh bo‘lib, avvalgi janglarda u hech qachon 1 million dollardan ortiq daromad topmagan edi.

Inouening shu kunga qadar eng katta maoshi 2024 yil may oyida Luis Neriga qarshi jangda qayd etilgan. O‘shanda u 6,5 million dollar ishlab, yapon bokschilari uchun tarixiy rekord o‘rnatgandi.

Murodjon Ahmadaliyev professional boksga o‘tganidan keyin AQSHga ko‘chib ketdi va «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. U asosan AQSHda jang qilib kelmoqda, ammo O‘zbekistonda, Monakoda va Meksikada ham ringga chiqqan.

Kiritildi: 23:38, 12.09.2025.
O'qildi: 7463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик