«PSJ» sobiq himoyachisi Serxio Ramos 2025 yilda Ashraf Hakimiyning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«U mening do‘stim va ukamdek. U «Oltin to‘p»ga munosib. Hamma unga yordam berishi kerak. U jahon darajasidagi futbolchi va haqiqiy professionalizm namunasi», — deya Ramosning so‘zlarini ZoneFRMF nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli marokashlik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 55ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urdi va 16ta golli uzatma berdi.













