Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso YECHL doirasidagi "Marsel"ga qarshi o‘yindan oldin Dani Karvaxal haqida fikr bildirdi.
«Karvaxal? Uning raqobatbardosh geni hech qachon o‘zgarmagan. Uniing yetukligi, jamoadagi nufuzi — u kapitan va jamoadoshlari uni juda hurmat qiladi. U juda muhim shaxs, lider», - dedi ispaniyalik mutaxassis.













