Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ravshan Muxadov: «Andijon» klubi haqida fikrim qanday? Ayyor savol»

Ravshan Muxadov: «Andijon» klubi haqida fikrim qanday? Ayyor savol»

Baho:
+ | -

«Arkadag‘» - «Andijon» uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Muxadov va jamoa futbolchisi Mirza Beknazarov qatnashishdi.

— Ertangi o‘yin haqidagi rejangiz qanday?
— Bosh murabbiy: Avvalambor xush kelibsizlar! Albatta, har bir jamoa ijobiy natija kutadi. Raqib haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ularni O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlari orqali o‘rgandik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqladik va shunga monand tayyorlandik.

— Futbolchi: Hamma o‘yinchilarimiz murabbiyimizning ko‘rsatmalari orqali bo‘lajak bahs tayyorlandik. O‘yinni yutishga harakat qilamiz.

— Ertaga «Arkadag‘» uchun muhim o‘yin. O‘yinga «nastroy» qanday? Jamoada tajribali mutaxassis ishlayapti. Qanday ko‘rsatmalar berildi?

— Bosh murabbiy: O‘yinga qo‘yilgan ko‘rsatmani yashirmaymiz. Bu biz Turkman xalqi ishqibozlari uchun bayramdek. O‘tgan yili omadli qatnashdik. Rejalarimizni yuqori qo‘ydik. Shunday tempda olg‘a boramiz. O‘tgan yildagi o‘yinlarimiz, g‘alabalarimiz ham o‘z-o‘zidan kelgani yo‘q. Ushbu musobaqada oddiy, yengil o‘yinlar bo‘lmaydi. Turnirda kuchsiz jamoa yo‘q. Chunki bilasizlar, musobaqada Ronaldu jamoasi ham bor. Shu sababli oson uchrashuvlar yo‘q.

— Ravshan Abdurahmonovich, biz bunday turnirda yurtimiz sharafini himoya qilamiz. Barcha futbolchilar deyarli terma jamoa o‘zagi. Ularni funksional holatini aytib o‘tsangiz.

— Funksional tomondan 100 foiz qoniqdik. Ikkinchi davra o‘yinlari start oldi. Professional futbolchi 5-6 ta turdan keyin o‘z o‘yini topib oladi. Bu yerda tarkibdan to‘g‘ri foydalanish, agar o‘zimizga ishonmasak, bu yerda turishimizni nima keragi bor?

— Jamoaning kayfiyati qanday? O‘yinga qanday tayyorlandinglar? Siz ham tayyormisiz?

— Futbolchi: Birinchi tur mas’uliyatli o‘yin. Bu o‘yinga yaxshi tayyorlandik. Murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilamiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz.

— Ertaga stadion muxlislar bilan to‘lishi kutilyapti. Ularni g‘alaba bilan xursand qila olasizlarmi?

— Turkmanistonning hamma mintaqasidan muxlislarni Arkadag‘ shahriga chorlab qolamiz. Birinchi o‘yinda barcha futbolchilar muxlislar oldida yutib, ularni xursand qilishni xohlashmoqda.

— Ravshan Abdurahmonovich, «Andijon» klubi haqida fikringiz qanday? Masalan, pozisiya bo‘yicha qaysi futbolchilarini yaxshiroq bilasiz?

— Ayyor, savol. Albatta, bilamiz. Aytib o‘tganimdek, o‘rganib chiqdik. Qanday legionerlar to‘p surishini bilamiz. Darvozaboni Qirg‘iziston terma jamoasida o‘ynaydi. Yaxshi saviyali jamoa, o‘rganib chiqdik. Bu borada nimadir desam noto‘g‘ri bo‘ladi, ertaga yaxshi o‘yin ko‘ramiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:59, 17.09.2025.
O'qildi: 1387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик