"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tidjani Reynders jamoa hujumchisi Erling Xoland bilan o‘zaro munosabati haqida gapirdi.
"Mashg‘ulotlarda biz ko‘pincha bir-birimizga qanday qilib maksimal darajada yordam bera olishimiz haqida gaplashamiz. Bo‘sh hududlardan foydalanish uchun maydonda doimo bir-birimizni kuzatib boramiz. Bu "Manchester Yunayted" bilan o‘yinda yaxshi ish berdi", - deya Reyndersning so‘zlarini keltiradi Voetbal Primeur.













