Ayni kunlarda Xitoyning Dalyan shahrida universitetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda o‘zbekistonlik FIFA referisi Firdavs Norsafarov ham ishtirok etmoqda.
Norsafarov musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan Paulista universiteti (Braziliya) hamda Ramon Lyull universiteti (Ispaniya) (1:0) o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib bordi.













