Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" Xyoysenning qizil kartochkasini bekor qilishga harakatlarni davom ettirmoqda

"Real" Xyoysenning qizil kartochkasini bekor qilishga harakatlarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

"Real" Din Xyoysenning qizil kartochkasi bo‘yicha e’tiroz bildirishda davom etadi.

Madridliklar himoyachisi "Real Sosyedad"ga (2:1) qarshi o‘yinning 32-daqiqasida maydon markazida raqibning qarshi hujumi barbod bo‘lishi natijasida qizil kartochka oldi. Uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansano edi.

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) Tartib-intizom qo‘mitasi kecha "qaymoqranglilar"ning dastlabki apellyasiyasini rad etdi.

Bugun ma’lum bo‘lishicha, RFEF apellyasiya qo‘mitasi futbolchining diskvalifikasiyasi haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirgan. Shu tariqa, 20 yoshli futbolchi 20 sentyabr kuni "Espanyol"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Biroq, COPE xabariga ko‘ra, madridliklar Xyoysen ishi bo‘yicha yana bir apellyasiya beradi. Ular Ispaniya sport ma’muriy sudiga (TAD) murojaat qilishlari kutilmoqda.

Kiritildi: 22:18, 18.09.2025.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик