Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Nodir Eliboyev: "Bizda yangi davr boshlanmoqda"

Nodir Eliboyev: "Bizda yangi davr boshlanmoqda"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalo, Qirg‘iziston futzal federasiyasiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Barcha ishtirokchilarga saralash musobaqasida omad tilayman.

Tayyorgarlik masalasiga kelsak, biz bu yerga o‘z vazifamizni bajarish uchun keldik. Eng avvalo, Osiyo chempionatiga yo‘l olishimiz kerak. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Saralash bosqichiga 100 foiz tayyormiz.

Bizda ham ba’zi muammolar bor, aytaylik, jarohat olgan o‘yinchilar masalasida, ammo bu boshqa mavzu, baribir to‘liq tayyormiz. Barcha futbolchilarimiz shay turibdi. To‘g‘ri, so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga yutqazdik, lekin bundan yaxshi saboq oldik. Bu o‘yin bizga foyda keltirdi deb o‘ylayman.

Tarkib masalasida to‘xtaladigan bo‘lsak, saralash o‘yinlariga deyarli asosiy tarkibni olib keldik. Choriyev jarohatdan keyin tiklanish jarayonida, chunki u uzoq vaqt davomida jiddiy jarohatlar olgandi. Keyinroq u yana jarohat oldi va bu safargisi ancha og‘ir edi. Uning noyabr oyida safga qaytishiga umid qilamiz. U astoydil shug‘ullanmoqda, lekin hozircha hatto klubiga ham yordam berishga tayyor emas.

Ropiyevga kelsak, bizda yangi davr boshlanmoqda. Qirg‘iziston bosh murabbiyi aytganidek, har kimning o‘z mezonlari bor. Bizning ham o‘z vazifalarimiz mavjud. Bizda yangi federasiya, yangi rahbariyat, terma jamoada deyarli 70 foiz yangi futbolchilar jamlangan. Biz kelajakka qarab ish tutamiz va shu mezonlardan kelib chiqib, tarkib yoshartirilmoqda. Bu tabiiy jarayon. Ropiyev haqiqatan ham malakali futbolchi, lekin kelajakni o‘ylab, istiqbolli yosh futzalchilarni jalb qilishimiz kerak. Bunday tajribali o‘yinchilar o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib berishi tabiiy hol", – dedi Nodir Eliboyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston saralash bosqichida Falastin, Sharqiy Timor hamda Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Nodir Eliboyev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 20-sentyabr sanasida Falastin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 16:16, 19.09.2025.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик