"Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak YECHL 1-turidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda (3:2) "qizillar" safida rasmiy debyutini amalga oshirdi.
"Liverpul" ustozi Arne Slot "Everton"ga qarshi ertangi o‘yin oldidan shvesiyalik forvard holati haqida ma’lumot berdi.
"Aleks 60 daqiqalik o‘yindan so‘ng o‘zini har qachongidan ham yaxshiroq his qilmoqda. Ko‘ramiz, qanday tiklanarkin. Ertangi tarkib haqida bugungi mashg‘ulotdan keyin o‘ylab ko‘ramiz", - dedi Slot.













