Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Neftchi» futbol akademiyasi 1 oktyabrdan o‘z faoliyatini boshlaydi

«Neftchi» futbol akademiyasi 1 oktyabrdan o‘z faoliyatini boshlaydi

Baho:
+ | -

Farg‘ona futboli tarixida yangi sahifa ochilmoqda. 1 oktyabr kuni «Neftchi» akademiyasi o‘z faoliyatini rasman boshlaydi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 30 iyun sanasida «Neftchi» PFK o‘z akademiyasi ochilishini va yosh iqtidorlarni imtixondan o‘tkazish orqali saralashini e’lon qilgan edi. Saralash jarayonlarida nafaqat respublikamizning barcha hududlaridan, balki qo‘shni respublikalardan ham kelgan yuzlab yosh iste’dodlar akademiyamizda o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Saralash bosqichlarida yosh iqtidor egalarining texnik tayyorgarligi, jismoniy holati va futbolga bo‘lgan munosabati sinchiklab baholandi.

Murabbiylar shtabi eng iqtidorli va mehnatsevar yoshlarni saralab olish uchun ish olib bordi.

Xozirga kelib Farg‘ona futboli tarixi va kelajagini uyg‘unlashtirgan «Neftchi» akademiyasi ish faoliyatini boshlash arafasida, bu tashabbus orqali klubimiz:

- Iqtidorli yoshlarni kashf etish – Respublikamiz va hatto qo‘shni davlatlardan kelgan bolalar saralanib, ular uchun katta futbol eshiklari ochiladi.

- Zamonaviy infratuzilmalar yaratadi – yangi maydonlar, zamonaviy uskunalar va qulay sport sharoitlari yoshlar ixtiyorida bo‘ladi.

- Ilg‘or metodlarni joriy etadi – tajribali murabbiylar Yevropaning zamonaviy futbol dasturlari asosida mashg‘ulotlar olib borishadi.

- Barkamol shaxslarni tarbiyalaydi – akademiyada faqat maydondagi o‘yin emas, balki intizom, ma’naviyat va jismoniy barqarorlikka ham e’tibor qaratilmoqda.

- Kelajak chempionlarini yetishtirib chiqaradi – maqsadimiz «Neftchi» safini o‘z akademiyamiz tarbiyalagan futbolchilar bilan to‘ldirish va milliy terma jamoaga munosib avlod tayyorlash.

- Zamonaviy infratuzilmalar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish;

- Tajribali va malakali murabbiylar orqali ilg‘or Yevropa metodlarini joriy etish;

- Futbolchining nafaqat maydonda, balki ma’naviy va jismoniy jihatdan ham barkamol rivojlanishini ta’minlashni maqsad qiladi.

- Akademiya orqali «Neftchi» klubi mahalliy iqtidor egalariga katta futbol eshiklarini ochadi. Bu yerda iqtidorli bolalar futbolchi sifatida yetishib chiqib, kelajakda nafaqat jamoamizni, balki milliy terma jamoamizni ham sharaf bilan himoya qilishlari kutilmoqda.

- Zamonaviy sharoit, yuqori malakali murabbiylar va professional dasturlar orqali «Neftchi»ning yangi avlodi shakllanadi.

- Akademiya – bu shunchaki mashg‘ulot maydoni emas, balki oliy maqsadlar yo‘lidagi birinchi katta qadam!

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 06:25, 20.09.2025.
O'qildi: 1322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.