CAFA Nations Cup finalida Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda jarohat olgan O‘tkir Yusupov jarrohlik stoliga yotishi mumkin.
8 sentyabr kungi bahsda olingan jarohat kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi va uni jarrohlik yo‘li bilan davolanishiga to‘g‘ri keladi. Buning oqibatida O‘tkir bir necha oy davomida «Fulad»ga yordam bera olmaydi.













