Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Aybek Oralbay JCH–2025 finalida qanday qilib Jahongir Zokirovni mag‘lub etganini aytdi

Aybek Oralbay JCH–2025 finalida qanday qilib Jahongir Zokirovni mag‘lub etganini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Liverpulda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati–2025 g‘olibi Aybek Oralbay «Qazaqstan» telekanalida efirga uzatilgan «1001 tun» dasturida final jangining tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

— Men qizib olish mashg‘ulotini boshlayotgan edim, shu payt murabbiylar yonimga kelib: «Biz O‘zbekiston bilan umumiyjamoa hisobida birinchi o‘rin uchun kurashyapmiz, hozir hisob 6:6, sening janging hal qiluvchi bo‘ladi. Sen sardorsan, senga muxlislar, xalq, jamoadoshlar qarayapti», — deyishdi. Umuman, yelkamga katta mas’uliyat yuklashdi. Jang paytida ehtiroslarga berilganim uchun o‘zimning haqiqiy boks uslubimni ko‘rsata olmadim. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, o‘zbek bokschisiga qanday qaraganimni. Ayrim vaziyatlarda his-tuyg‘ularimdan to‘g‘ri foydalana olmadim.

Ikkinchi raundni yutqazdim demayman, ammo hakamlar uni o‘zbek bokschisiga berdi. Shunga qaramay, barcha kuchimni ishga soldim. Sizlar ham ko‘rdingiz, raqib charchagandi — ko‘z oldimda kapasini chiqarib tashlashga urindi, chiqara olmadi, keyin u ringga tushib ketdi. Men kuldim va orqaga chekindim. Uning charchoq holati va shu epizod menga kuch hamda qat’iyat bag‘ishladi. Chunki men umuman charchamagan edim, — dedi Aybek Oralbay.

Oltin medal uchun hal qiluvchi jangda Oralbay 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida o‘zbekistonlik Jahongir Zokirovga qarshi ringga chiqdi. Bellashuv hakamlarning ayro qarori bilan qozog‘istonlik sportchi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:2.

Eslatib o‘tamiz, World Boxing tahtidagi ilk jahon chempionati yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston umumjamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi (7 oltin, 1 kumush, 2 bronza), O‘zbekiston esa ikkinchi o‘rinda qoldi (6 oltin, 2 kumush, 3 bronza).

Kiritildi: 11:16, 20.09.2025.
O'qildi: 3325 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик