Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Bahrom Haydarov: “Natija har ikki jamoani ham qoniqtirmadi”

Bahrom Haydarov: “Natija har ikki jamoani ham qoniqtirmadi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugun olti ochkolik o‘yin edi. Chunki turnir jadvalida “Xorazm” va “Qo‘qon-1912” juda yaqin joylashgandi. Mezbonlar to‘pni nazorat qilishda yaxshi ko‘rsatkichga ega. Buni mavsum boshidan beri kuzatib kelyapmiz. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. “Xorazm”ni to‘pni ko‘proq nazorat qildi, biznikilar to‘psiz ko‘p harakat qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu esa ancha kuch yo‘qotilishiga olib keldi. Yigitlarga rahmat, oxirigacha kurashdi. Durang har ikki jamoani ham qoniqtirmadi deb o‘ylayman. Chunki uch ochko bizga ham, raqibga ham kerak edi.

Mezbonlarda ham ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadi. Bizda ham qarshi hujum vaqtida gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi, afsuski, foydalana olmadik.

Shahzod Beshimov mashg‘ulotlar vaqtida jiddiy jarohat olgandi. Natijada jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Endilikda u mavsum yakuniga qadar jamoamizga yordam bera olmaydi. Umid qilamanki, kelasi yilda Shahzod yana futbolga qaytadi”, - dedi Haydarov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Manba: https://t.me/Xorazm_PFC
Kiritildi: 23:10, 20.09.2025.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик