Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Aleksandr Xomyakov: «Nimani reja qilgan bo‘lsak, hammasi o‘xshadi»

Aleksandr Xomyakov: «Nimani reja qilgan bo‘lsak, hammasi o‘xshadi»

Baho:
+ | -

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Buxoro” - “Navbahor” (5:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Avvalo Buxoro shahriga katta futbol qaytgani bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Bugun stadionda yaxshi muhit hukmron surdi, futbolchilarimiz maza qilib harakat qilishdi. Umuman olganda nimani reja qilgan bo‘lsak, hammasi o‘xshadi. Bu g‘alaba avvalo futbolchilarniki. Yigitlar birinchi taymdayoq vazifani bajarib qo‘yishdi. Yana bir bor hammani g‘alaba bilan tabriklayman.

— “Andijon”da ishlagan paytingiz “Navbahor” bilan ko‘p bor to‘qnash kelib g‘alaba qozongansiz. Ya’ni bu jamoani yaxshi bilasiz. Bugungi g‘alaba siru “Navbahor”ni yaxshi bilganingizdami yoki yangi jamoaga tez kirishib ketdingizmi?

— Biz murabbiylar doim jamoalarni kuzatib boramiz. Bugungi o‘yinga kelsak, yigitlarga qanday harakat qilishni uqtirgandik va hamma fikrimizni tezda tushunib yetdi. Biz o‘yin boshidan oxirigacha yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslikka harakat qildik. Yana qaytarib aytaman, bugungi g‘alaba avvalo futbolchilarniki.

— Bugungi bahsda uchta gol urgan Dominik Begich haqida fikringiz? U “Buxoro”ning “sehrli tayoqchasi”mi?

— Bu savolga hozir javob berish qiyin. Bugun Begich jamoaga foyda keltirdi. Uning harakatlari menga ma’qul keldi. Lekin Begich hali ko‘p o‘yinlarda yordam berishi kerak.

— Oldinda “So‘g‘diyona”ga qarshi Kubok uchrashuvi kutmoqda. Bugungi g‘alabadan keyin yigitlar o‘zlarini yo‘qotib navbatdagi bahsga tayyorgarlik sust bo‘lib qolmasmikin?

— Biz nimagadir erishdik deb aytishga hali erta. Agar ketma-ket 3-4ta bahsda g‘alaba qozonsak bu boshqa gap. Lekin hammamiz tushunib turibmiz, besh kundan so‘ng yana bir jiddiy o‘yinni o‘tkazamiz. Kubok uchrashuvi qanchalik jiddiy ekanini hammamiz bilamiz. Menga aytiing-chi, “Buxoro” qachondir Kubok finalida o‘ynaganmi?

— Yo‘q. Ancha oldin yarim finalda o‘ynagan.

— Demak, jiddiy ishlashimizga va hozirdan bayram qilmaslikka asos bor. Avval maqsadga erishaylik.

— Bugun Begich - Tabatadze - Amanov triosini ko‘rdik va ular juda yaxshi harakat qilishdi. Keyingi o‘yinlarda ham ushbu trioni asosiy tarkibda ko‘ramizmi?

— Biz raqibning o‘yin uslubidan kelib chiqib uchala futbolchini asosiy tarkibda. Keyingi bahslarda ham raqib o‘yin uslubidan kelib chiqqan holda taktika tuzamiz.

— Klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz va rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo‘yildi?

— Balki bu savolni o‘tkazib yuborarmiz. Vazifa nima bo‘lishi mumkin, albatta birinchi navbatda jamoani Superligada olib qolish.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 07:14, 21.09.2025.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.