Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Diash "Arsenal" bilan o‘yinda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba haqida gapirdi

Diash "Arsenal" bilan o‘yinda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash Premyer-liga doirasidagi Londonning "Arsenal" klubiga (1:1) qarshi o‘yindagi durang haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

"Shaharliklar" o‘yin boshida Erling Xolanning harakatlari bilan oldinga o‘tib olgandi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

"Biz safarda muhim ochkoni qo‘lga kiritdik, ammo oxirida gol o‘tkazib yuborish juda alamli - g‘alaba juda yaqin edi. To‘pga egalik qilish borasida biz uchun noodatiy o‘yin bo‘ldi, lekin baribir o‘zimizni ko‘rsatdik, birdamlikda harakat qildik, g‘alaba uchun o‘ynadik. Chidash kerak bo‘lgan paytlarda biz buni munosib qabul qildik."

"Ha, "Arsenal" to‘pga ko‘p egalik qildi, ammo biz vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgandek his qildim. Raqib haqiqiy xavf tug‘dirmayotgandek tuyuldi, ammo yakunda gol o‘tkazib yubordik. Umid qilamanki, bundan xulosa chiqaramiz," - dedi Diash o‘yindan keyingi intervyusida.

Kiritildi: 08:03, 22.09.2025.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик