Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Gvardiola jamoasi to‘pga egalik qilish bo‘yicha antirekord qayd etdi

Gvardiola jamoasi to‘pga egalik qilish bo‘yicha antirekord qayd etdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Arsenal" bilan safar o‘yinida juda ehtiyotkor taktika tanladi. Xosep Gvardiola jamoasi ko‘p vaqtini himoyada o‘tkazdi, ammo g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. "Shaharliklar" to‘qqizinchi daqiqadan Erling Xolandning golidan keyin oldinda borayotgandi, biroq ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gabriel Martinelli hisobni tenglashtirdi.

"Manchester Siti" o‘yin vaqtining atigi 32,8 foizida to‘pga egalik qildi. Bu Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkich, agar top-liga o‘yinlari haqida gapiradigan bo‘lsak. Bu haqda Opta xabar bermoqda.

Avvalroq, "Manchester Siti" 2023 yilning mart oyida ham  "Arsenal"ga qarshi o‘yinda eng yomon ko‘rsatkichni qayd etgandi - 36,5 foiz.

Xosep Gvardiola murabbiy sifatida top-ligalarda jami 601 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 08:36, 22.09.2025.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик