Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Futzal. O‘zbekiston Sharqiy Timorni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futzal. O‘zbekiston Sharqiy Timorni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

2026 yilda Indoneziya mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. "F" saralash guruhiga Bishkek shahri mezbonlik qilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi bugun guruhdagi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi. Nodir Eliboyev jamoasiga bu safar Sharqiy Timor raqiblik qildi. Jamoamiz mazkur o‘yinda 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Termamiz safida Shahzodjon Sadiyev dublga erishgan bo‘lsa, yana besh futzalchi bittadan gol muallifi bo‘ldi. Jamoamiz birinchi bo‘limda raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda 4 marta Timor darvozasiga yo‘l topdi. Raqib esa 37-daqiqada bitta javob to‘pini kiritdi.

O‘zbekiston 1-turda ham Falastinni 7:1 hisobida mag‘lub etgandi. Shu bois, jamoamiz Osiyo kubogi yo‘llanmasini deyarli hal qildi. 24 sentyabr kuni futzalchilarimiz Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoa birinchi turda Sharqiy Timorni 9:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, bugun Falastinga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 8ta saralashguruhi g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 7 ta jamoa Osiyo kubogi final bosqichiga chiqadi.

Osiyo kubogi-2026 saralash uchrashuvi
2-tur, 22-sentyabr 2025-yil
"F" guruhi
SHARQIY TIMOR – O‘ZBEKISTON – 1:7 (0:3)
Gollar:
0:1 — Mashrab Odilov (2')
0:2 — Husniddin Nishonov (3')
0:3 — Eldor Nig‘matov (17')
0:4 — Shahzodjon Sadiyev (27')
0:5 — Muzaffar Ahadjonov (34')
0:6 — Shahzodjon Sadiyev (34')
1:6 — Ruben Fariya Borges (37')
1:7 — Elbek To‘lqinov (40')
Ogohlantirishlar: Aleks da Kruz (7'), Domingos Gama (18')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:55, 22.09.2025.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик