"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi muammolar sabab qancha vaqtni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Xavi Migelning xabariga ko‘ra, 21 yoshli xavbek 5-6 haftani o‘tkazib yuboradi. U noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida safga qaytishi kutilmoqda.
Transfermarkt 60 million yevroga baholayotgan Gavi bu mavsumda 2 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.













