"Atlanta" va "Disi Yunayted"ning sobiq futbolchisi Mateush Klix futbolchilarni Lionel Messi o‘ynayotgan "Inter Mayami"ga o‘tishdan qaytarmoqda.
"Messi bor ekan, men bu jamoaga qo‘shilishni tavsiya etmayman. U yerda tashkilotchilik dahshatli ko‘rinishda.
Deyarli hamma ispan tilida gapiradi. Leoning otasi amalda klubni boshqaradi. Uning roziligisiz hech narsa qila olmaysiz", - deydi Klix.













