Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Real" Salibadan umidini uzdi

"Real" Salibadan umidini uzdi

Baho:
+ | -

Himoyachi Vilyam Saliba kelajagini belgilab oldi. BBC xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda fransuz "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Saliba besh mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi - 2030 yil o‘rtalarigacha.

Shu tariqa, Salibaning yaqin yillarda "Real"ga o‘tishi deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi. Avvalroq, Madrid grandi himoyachi Londonda shartnomani uzaytirmasa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vilyam Saliba "Arsenal" safida jami 139 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda himoyachi yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

APLning navbatdagi o‘yinini "Arsenal" 28 sentyabr kuni safarda "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:25, 25.09.2025.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.