Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Aytjan Xalmaxanov: “Los-Anjelesdan ham oltin medal bilan qaytamiz”

Aytjan Xalmaxanov: “Los-Anjelesdan ham oltin medal bilan qaytamiz”

Baho:
+ | -

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi jahon chempionatiga qadar 2001 yil dunyo birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Unda Zagrebdagi chempionligi bilan barchaning olqishiga sazovor bo‘lgan 19 yoshli hamyurtimiz Aytjan Xalmaxanov hali dunyoga kelmagan edi.

– 24 yil kutilgan chempionlik Sizga nasib qildi. Musobaqadan keyingi hissiyotlar qanday?

– Mana shunday ahamiyatli oltin medalni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Buni tasvirlash qiyin. Biz bu musobaqaga 1 yil qattiq tayyorlandik. Mehnatimiz samarasini ko‘rish nasib qildi. Afsuski, jamoamizdagi qolgan akalarimga ozgina omad yetishmadi. Bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Keyingi safar ular ham chempion bo‘lib qaytishlariga ishonaman.

– Rustam Assakalov terma jamoada nimalarni o‘zgartirdi? Uning ishlash uslubi qanday?

– Murabbiyimiz mehnatkash, juda ham aqlli inson. Barchamizni o‘z farzandidek ko‘radi. Doim qo‘llab-quvvatlab, motivasiya berib keladi. Rustam aka 2024 yil oktyabr oyida murabbiylikka kelgan bo‘lsa, ortda qolgan 1 yil katta natijalar ko‘rsata oldik. Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi, jahon chempionatida esa uchinchi bo‘ldik. Bunday natija hamma murabbiyning ham qo‘lidan kelmasdi.

– Afsuski, siz kurashadigan -63 kg Olimpiya vazn toifasi emas. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga qaysi vaznda tayyorlanasiz?

– Ha, -63 kg Olimpiya vazni emas. Bo‘lajak Olimpiadaga -67 kg vazn toifasida tayyorgarlik ko‘raman. Tabiiy vaznim kattaroq bo‘lgani uchun -60 kgga vazn qaytara olmayman. Nasib bo‘lsa, murabbiylarim bilan Los-Anjelesdan ham oltin medal bilan qaytamiz.

– Ba’zi kurashchilarning omadi kelib, yoshligidagi kumiri bilan musobaqada to‘qnash kelib qoladi. Siz kumiringiz bilan hech to‘qnash kelganmisiz?

– Men havas qiladigan 2 kurashchi Qirg‘izistondan: Joloman Sharshenbekov va Akjol Mahmudov. Asosiy usulimni Sharshenbekovga havas qilib ishlaganman. U bilan tez orada to‘qnash kelib qolsak kerak. Bu kunni sabrsizlik bilan kutyapman. Mahmudovning kurashidan esa motivasiya olaman. Zagrebda finaldan oldin Akjol chempion bo‘lishimga ishonishini aytdi. Bu qo‘llov menga kuch berdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:00, 25.09.2025.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик